Ish vaqti
 Du-Ju 9:00 dan 18:00 gacha

card arr

card arrOnlayn ulanish
Ulanish uchun ariza

card arr

pers-cabinetcard arrShaxsiy kabinet
Kirish

KO'P TAKRORLANADIGAN SAVOLLAR

Savol: Qanday qilib ulanish mumkin?

Javob: Comnet orqali yuqori tezlikda Internet tarmog'iga ulanishingiz uchun quyidagilar lozim bo'ladi:

1. Comnet ofisida 233-33-35 telefon raqamlari orqali sizga hizmat ko'rsatuvchi ATS hizmat ko'rsatish doirasiga kirish kirmasligini aniqlash
2. Taklif etilgan tarif rejalaridan birini tanlash
3. Zarur bo'lgan hujjatlarni (Shartnoma va 1-sonli ilova Internet tarmog'iga ulanishni istagan jismoniy shaxslar uchun, Ro'yxatga olish varaqasi) Comnet ofisida rasmiylashtirish; Hizmatlarni taqdim etish qoidalari (shartnoma ilovasi – Hizmat ko'rsatish qoidalari) bilan tanishib chiqish; Abonent telefon liniyasini tarmoqqa ulash (krossirovkalash) haqida firma blankida aloqa bo'limi direktori va Comnet direktori nomiga yozilgan ariza.
4. Hujjatlarni imzolash bilan birga barcha birlamchi to'lovlar va hizmat haqini oldindan to'lash. Tarmoqqa ulanish FAQAT barcha to'lovlar to'langandan so'ng amalga oshiriladi.
5. Abonentni Internet tarmog'iga ulash ishlari hizmatlar uchun oldindan to'langan mablag' Comnet hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

 

Savol: Hizmatlar haqini qanday to'lash mumkin?

Javob: 

Comnet Internet hizmatlarini to'lash juda oson. Sizning qulayligingiz uchun bir nechta to'lov turlari mavjud:

- Comnet ofislarida naqd yoki UzKART plastik kartochkalari orqali

- PAYNET, WEBSUM to'lovlarni qabul qilish punktlari orqali (istalgan miqdordagi to'lov shu ondayoq komissiya yechimisiz o'tkaziladi)

 

Savol: ADSL yaxshimi yoki Usb-modemmi?

Javob: Bu savolga qatiy javob berib bo'lmaydi. Chunki har ikki texnologiya ham o'zining ijobiy taraflari bilan birga kamchiliklariga ham ega. Quyidagi jadvaldan ikki texnologiyaning qiyosiy taqqoslash tahlili ko'rsatilgan:

 №№ ADSL 3G (usb-modem)
Ustunligi Kamchiligi Ustunligi Kamchiligi
1.  Bepul chiquvchi trafik  Abonent liniyasiga qaramlik  Mobillik  Muqobil tezlikning yo'qligi
2.  Bepul Tas-IX  Mobillikning yo'qligi  5 Mbit/sek gacha bo'lgan tezlik  Pullik chiqiuvchi trafik
3.  Tarfilarning moslanuvchanligi  Ulanish davriyligi  Abonent liniyasidan ozdolik  Bepul resurslarning yo'qligi
4.   24 Mbit/sek gacha bo'lgan tezlik  ATSlarning barchasiga ham ulanolmaslik    Real manzilning yo'qligi
5.  Kafolatlangan tezlik      Foydalanuvchilar tig'iz vaqtida faoliyatning turg'un emasligi
6.  «Oq» IP-adres      Tarifikasiyalanishdagi tutulishlar
7.  Uskunalarning maxsusligi      
8.  Faoliyatning foydalanuvchilar tig'iz vaqtiga bog'liq emasligi      
9.  Liniya va uskunalarning detallashtirilgan diagnostikasi      

Savol: O'z balans va ulanishlar statistikasini qanday tekshirish mumkin?
Javob: www.Comnet.uz sahifasidagi «Personal kabinet» hizmatidan foydalanish yoki https://cabinet.Comnet.uz tarmoq manziliga kirish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Savol: Login va tilsimning to'g'ri yozilishiga qaramay o'z personal kabinetimga kirolmayapman. Nima qilishim mumkin?
Javob: Avvalambor o'z brauzeringizda «cookies» o'chirilmaganligini tekshirib ko'ring. Buning uchun quyidagi bo'limga kiring Internet Explorer uchun: «Сервис/Свойства обозревателя/Конфиденциальность (va «средний уровень безопасности»ni tanlang)»; Mozilla Firefox brauzerida esa: «Инструменты/Настройки/Приватность/ (va «Принимать cookies с сайтов»ni tanlang»; Opera uchun esa: «Инструменты/Настройки/Дополнительно/Cookies (va «Принимать cookies»ni tanlang)». Agar muammo hal bo'lmasa 233 27 66 va 236 09 90 telefon raqamlari orqali texnik ko'mak hizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Savol: Men boshqa Internet provayder hizmatidan foydalanmoqchi ekanligimdan Comnet ofisini ogohlantirishim zarurmi?
Javob: Bu albatta zarur. Agar siz boshqa Internet provayder hizmatidan foydalanmoqchi bo'lsangiz sizning telefon raqamingizni ATSda joylashgan Comnet qutisidan krossirovka (ulanish) ni bekor qilish zarur bo'ladi. Shu bilan birgalikda agar siz Comnet tomonidan hizmatlardan foydalanish davri uchun taqdim etilgan uskunalardan foydalangan bo'lsangiz, albatta ularni qaytarib berishingiz va shartnomani bekor qilishingiz lozim.

Savol: Xonadonimizda bir nechta telefon ulangan. Qo'ng'iroqqa javob berganda Internet bilan aloqa uziladi. Nima qilish kerak?

Javob: Telefon go'shagini ko'targaningizda Internetning uzilishi – aksariyat xollarda ADSL uskunasini noto'g'ri ulanishi sabablidir. Chizmaga binoan telefoningiz va modemning ulanishini tekshirib ko'ring.

Keyingi bosqichda barcha paralel ulangan telefonlarni liniyadan uzib tashlang. Faqatgina ADSL modem bilan birgalikda ulangan telefonni qoldiring va aloqa sifatini tekshirib ko'ring. Agar bundan so'ng aloqaning uzilishi bartaraf etilgan bo'lsa boshqa telefonlarning maxsus ulanish vositasi «splitter» orqali ulanganligiga ishonch xosil qiling. Abonent liniyasiga to'g'ridan to'g'ri ulangan telefon aloqadagi nosozliklarga sabab bo'lishi mumkin. Agar boshqa barcha telefonlarni bir splitter orqali ulash imkoni bo'lmasa har bir telefon apparati uchun alohida splitter o'rnatishingiz mumkin. Telefon simi va ulanish joylarini, hamda barcha uskunalarni – rozetka, simlar, ulanish bog'lamlari va h.k.larni tekshirib chiqing. Simlar buralib ketgan va juda ko'p tarmoqlarga ega bo'lmasligi kerak. Aks xolda bu simlarni albatta almashtiring.



Savol: Comnet tarmog'iga ulangandan so'ng uning hizmatlaridan foydalanishni vaqtinchalik to'xtatish mumkinmi? Buning narhi qancha?
Javob: Albatta mumkin. Portlarni band qilish hizmati har bir oyning birinchi kunidan boshlanadi va bir yil davomida faqatgina uch oygacha amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun Comnet ofisiga hizmatlardan foydalanish to'xtatilishidan ikki ish kuni avval murojaat qilishingiz zarur. Portni band qilish hizmati bir oyga 12 000 so'm.

Savol: ADSL orqali Internet tarmog'iga ulangandan so'ng telefon aloqsi sifati buzilishi mumkinmi?
Javob: Modem va splitter telefon aloqasi faoliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Agar barcha uskunalar to'g'ri o'rnatilgan va boshqa paralel telefonlar ham splitter orqali ulangan bo'lsa telefon aloqasi sifati ADSL texnologiyasi orqali ulangandan so'ng ham o'zgarmaydi.

Savol: Aloqa tez-tez uzilayotgan bo'lsa nima qilish kerak?
Javob: Aloqaning surunkali uzilish sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:
- modem yoki paralel telefonlarning noto'g'ri ulanganligi
- xonadondagi yoki abonent liniyasidagi telefon simlarining nosozligi
- kompyuter dasturlaridagi muammolar
Quyidagi amallarni bajarib koring:
- modem, splitter va paralel telefonlarning ulanishi chizmada ko'rsatilgandek ekanligiga amin bo'ling..
- Telefon apparati go'shagini ko'taring. Unda uzluksiz tovush eshitilishi lozim. Agar tovush boshqa shovqinlar bilan birgalikda eshitilsa demak sizning abonent liniyangizda nosozliklar mavjud. Bunday xollarda ATSga murojaat qilishingiz va telefon liniyasi sozligini tekshirishni iltimos qilishingiz zarur.
- Agar telefon go'shagini ko'targaningizda undagi tovush sof eshitilsa paralel telefonlarni uzib qo'ying va Internet bilan aloqa sifatini tekshiring. Agar aloqa uzilishlari to'xtagan bo'lsa yana bir marta barcha moslamalar va splitterning ulanishini tekshiring. Telefon apparatlarining tarmoqqa to'g'ridan to'g'ri ulanishi nosozliklarga sabab bo'lishi mumkin. ­- Telefon simininig sozligi va boshqa uskunalar – rozetka, simlar, ulanish joylarini tekshirib chiqing. Agar telefon simlari buralib ketgan va keskin bukilgan joylari ko'p bo'lsa yoki juda keng tarmoqlangan bo'lsa uni almashtiring.. ­- Antivirus dasturlarini kompyuteringizga o'rnating va uni viruslardan tekshirib ko'ring. Aloqaning damba-dam uzilishiga zararli dasturlar sabab bo'lishi mumkin.
- Imkoni bo'lsa boshqa modem orqali ulanib ko'ring. LAN-interfeysli Ethernet orqali aloqani tekshirish imkoni bo'lsa juda yaxshi.

Savol: Nega Internerga ulanganimda ulanish tezligi 1 (yoki 512, yoki 1,5 yoki 8 va h.k.) mbit/sek bo'lib aniqlanadi?
Javob: Buning ma'nosi sizning modemingiz va provayderning uskunasi o'rtasidagi aloqa tezligi 512 Mbit/sekundni tashkil etadi demakdir. Bu sizning modemingiz va ATSdagi uskunaning jismoniy tezligi. Internetdan ma'lumotlarni saqlab olish tezligi esa siz tanlagan tarif rejasiga bog'liq.

Savol: Modemni qanday qilib sozlash mumkin?
Javob: Modemingiz rusumidan qat'iy nazar drayverning asosiy ko'rsatgichlariga quyidagi ma'lumotlarni kiritishingiz kerak bo'ladi:
VPI(virtual path identifier ): 0
VCI(virtual channel identifier): 35
Inkapsulyatsiya (Encapsulation): briging LCC
Modulyatsiya (Modulation): miltimode
Foydalanuvchi ismi, login (User name): o'z_loginingiz
Tilsim, parol (Password): o'z_tilsim_so'zingiz

Savol: Agar «ADSL» indikatori (chirog'i) yonmayotgan bo'lsa yoki o'chib qolayotgan bo'lsa nima qilish kerak?
Javob: Bu indikator (chiroq) sizning modemingiz va ATSdagi uskuna o'rtasidagi aloqa muvaffaqiyatli o'rnatilganiligidan dalolat beradi. Aloqa o'rnatilayotgan vaqtda «ADSL» indikatori o'chib yonib turadi. 10-30 soniyadan so'ng aloqa o'rnatiladi va indikator doimiy yonib turadi.
Agar «ADSL» chirog'i yonib-o'chib tursa, yoki yonmasa demak sizning modemingiz ATSdagi uskuna bilan bog'lanmaganligini bildiradi. Buning sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:
- ­ modem yoki peralel telefonlarning noto'g'ri ulanganligi;
-­ telefon simlarining ADSL modemga yoki splitterga ulanish moslamalari nosozligi;
- ­ splitterning nosozligi;
- operatsion tizim yoki modemning «qotib» qolishi
-­ tarmoqdagi nosozliklar yoki uning uzilganligi;

Nosozliklarni bartaraf qilish uchun quyidagi amallarni bajarib ko'ring:
- ­ splitterga modem va telefonning ulanishi to'g'ri ekanligiga amin bo'ling.
- ­ - Agar telefon go'shagini ko'targaningizda undagi tovush sof eshitilsa paralel telefonlarni uzib qo'ying va Internet bilan aloqa sifatini tekshiring. Agar aloqa uzilishlari to'xtagan bo'lsa yana bir marta barcha moslamalar va splitterning ulanishini tekshiring. Telefon apparatlarining tarmoqqa to'g'ridan to'g'ri ulanishi nosozliklarga sabab bo'lishi mumkin.
- Agar tovush tiniq eshitilayotgan bo'lsa ADSL modemni splittersiz to'g'ridan to'g'ri tarmoqqa ulab ko'ring. Albatta boshqa paralel telefonlarni tarmoqdan uzib qo'ying. Agar shunda aloqa o'rnatilsa («ADSL» chirog'i to'xtovsiz yonib tursa) demak nosozlik splitterda.
В случае, если связь по-прежнему не устанавливается, попробуйте произвести следующие действия:
-­ Modemni kompyuterdan uzib qayta ulang;
- ­ Kompyuterni o'chirib qaytadan yoqing;
- ­ ADSL modem va splitterni ulab turuvchi telefon simlarining sozligini tekshiring;
- ­ - Ulanish joylarini yana bir marta ko'zdan kechiring, ba'zida simlarning ulanish moslamalari splitterga oxirigacha kiritilmagan bo'lishi mumkin.

Savol: Splitter nima?
Javob: Splitter (to'lqinlarni ajratuvchi moslama) – telefon tarmog'idagi to'lqinlarni ikki tarkibiy qismlarga – telefon (tovushli) to'lqini va yuqori to'lqinli modem to'lqiniga ajratish bazifasini bajaruvchi uskuna.
Abonent splitteriga oddiy telefon va modem ulanadi. Bunda modemning ishlatilishi telefon aloqasiga (va aksincha telefon aloqasi modemning ishlashiga) halal bermaydi. Splitter ADSL modemning faoliyatiga halal beruvchi oddiy telefon to'lqinlarini ajratadi va ikki uskunaning ham benuqson faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi.

Savol: USB modem va tarmoq modemi nima bilan farq qiladi?
Javob: Tarmoq modemi (Ethernet interfeysli modem) personal kompyuter bilan tarmoq kartasi yordamida faoliyat olib boradi, avtonom ta’minot tizimiga ega, drayverlar o’rnatilishini talab qilmaydi. USB modem personal kompyuterga USB port orqali ulanadi. Uning faoliyati dasturlanish orqali amalga oshiriladi (personal kompyuterda o’rnatilgan ba’zi dasturlardan foydalanadi) va personal kompyuterning ishlash qobiliyati, unda o’rnatilgan dasturiy ta’minotning tizimliligiga qaram. Mana shu sababdan interfeysli modemlar quyidagi yutuqlarga ega:
- Internet tarmog’iga ulanish ancha barqaror,
- Faoliyatga tayyorlik vaqti tez,
- Kompyuter yoqilgan zahoti Internetga avtomatik ulanish.

Savol: Modemda USB (PWR) indikatori (chirog’i) yonmayapti. Nima qilish kerak?
Javob: Agar modemda USB (PWR) indikatori (chirog’i) yonmayotgan bo’lsa, demak ADSL modem va sizning kompyuteringiz o’rtasida aloqa yo’q yoki modemning drayverlari to’g’ri o’rnatilmagan. Quyidagi amallarni bagarishga harakat qilib ko’ring :
- ­ Modem va kompyuteringizni bog’lab turuvchi USB kabelning sozligini tekshirib ko’ring;
- ­ Modemning USB kabelini kompyuterdagi boshqa USB teshigiga ulab ko’ring;
- ­ Operatsion tizimdagi modemning drayverlarini o’chirib tashlang va qaytadan o’rnating.

Savol: Bizda bir nechta kompyuter bor. Ularning barchasini Internetga ulasa bo’ladimi va buning uchun qanday uskuna bo’lishi kerak?
Javob: Albatta bo’ladi. Buning uchun sizga router (axborot to’plamlarini yo’naltirish moslamasi) kerak bo’ladi. Agar sizning kompyuterlaringiz Wi-Fi kartalariga ega bo’lsa tarmoqqa ulanish uchun Wi-Fi ulanish nuqtasidan foydalanishingiz mumkin. Asosiysi sizning routeringiz yoki Wi-Fi ulanish nuqtasi “pppoe” protokoli orqali faoliyat olib borishi mumkin bo’lsin.

Savol: Comnetning DNS-serveri qanday?
Javob: Birlamchi DNS-server: 94.158.48.1
Ikkilamchi DNS-server: 91.196.76.1
Savol: Lunixda ulanishni qanday sozlash mumkin?
Javob: Har bir Lunixda tarmoq kartasi turlicha sozlanadi.
DNS-serverlar adresini /etc/resolv.conf – fayliga kiritish kerak bo’ladi.
nameserver 94.158.48.1
nameserver 94.158.48.2

/etc/ppp/ppp.conf – faylini yaratish yoki uni o’zgartirish

default:
set device PPPoE:sis0:comnet
set speed sync
set mru 1492
set mtu 1492
set ctsrts off
enable lqr
set timeout 0
set redial 0 0
add default HISADDR

#nat
nat enable yes
nat log yes
nat same_ports yes
nat unregistered_only yes
enable dns

comnet:
set authname USERNAME
set authkey PASSWORD

sis0 – sizning tarmoq kartangiz, username – sizning loginingiz, Password – tilsim (parol) so’z.

Savol: “Firewall” nima va nega texnik ko’mak hizmati operatorlari uni uchirib qo’yishni iltimos qilishadi?
Javob: Firewall – bu Internet orqali kirish va chiqish ulanislarini tekshirishni ta’minlovchi dastur. Bu dastur tashqaridan biror zararli ulanishni taqiqlaydi va o’z kompyuterningizdagi biror ma’lumotning istalgan dastur orqali ijozatsiz tashqariga chiqarilishining oldini oladi. Shuni nazarda tutish kerak-ki noto’g’ri sozlangan firewall zarur (yoki barcha) Internet tarmog’iga ulanishlarni ham taqiqlab qo’yishi va Internet resurslaridan to’liq (yoki umuman) foydalanish imkoniyatini bermasligi mumkin.

  1. Yangiliklar

Toshkent

+99871 233 33 35

sepbig

Farg'ona

+99873 244 34 34
+99873 249 00 00

sepbig

Qo'qon

+99873 542 63 63

sepbig

Aloqa inspeksiyasining
rasmiy veb-sayti

Aloqa inspeksiyasining
"Virtual qabulxonasi"




© Comnet, 2003-2018. Matn mazmuni mualliflik huquqi himoyalangan. OOO IPLUS. Litsenziya raqami AA 0004789. 100060 Toshkent shahri, Shahrisabz ko'chasi 10-B uy.